EKSPERIMENTAL DIABETNI ICHAK KARBOGIDRAZALARI FAOLLIGIGA TA’SIRI VA POLIFENOLLAR BILAN KORREKSIYALASH NATIJASI
Keywords:
eksperimentalAbstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda alloksan yordamida chaqirilgan eksperimental qandli diabet sharoitida kalamushlar ingichka ichagining turli segmentlarida laktaza, saxaraza va maltaza fermentlari faolligidagi o‘zgarishlar hamda ularni digidrokversetin va vitaprenol yordamida korreksiyalash samarasi o‘rganildi. Tajribada 200–250 g vaznli jinsiy yetuk erkak kalamushlardan foydalanilib, nazorat, diabet, diabet + digidrokversetin va diabet + vitaprenol guruhlari shakllantirildi. Fermentlar faolligi disaxaridlar gidrolizi natijasida ajralgan glyukoza miqdori bo‘yicha baholandi. Diabet sharoitida laktaza faolligi ichak segmentlariga qarab turlicha o‘zgardi, saxaraza va maltaza faolligi esa tekshirilgan segmentlarda ortdi. Digidrokversetin va vitaprenol bilan korreksiyalash fermentativ faollikdagi diabetga bog‘liq o‘zgarishlarni kamaytirdi; ayrim ko‘rsatkichlarda vitaprenolning ta’siri kuchliroq namoyon bo‘ldi. Natijalar mazkur moddalarni eksperimental diabetda ichak membrana hazm jarayonlari buzilishini korreksiyalash nuqtayi nazaridan yanada o‘rganish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
References
1.Dahlqvist, A. (1964). Method for assay of intestinal disaccharidases. Analytical Biochemistry, 7(1), 18–25. https://doi.org/10.1016/0003-2697(64)90115-0
2.Lenzen, S. (2008). The mechanisms of alloxan- and streptozotocin-induced diabetes. Diabetologia, 51(2), 216–226. https://doi.org/10.1007/s00125-007-0886-7
3.Hanhineva, K., Törrönen, R., Bondia-Pons, I., Pekkinen, J., Kolehmainen, M., Mykkänen, H., & Poutanen, K. (2010). Impact of dietary polyphenols on carbohydrate metabolism. International Journal of Molecular Sciences, 11(4), 1365–1402. https://doi.org/10.3390/ijms11041365
4.Tundis, R., Loizzo, M. R., & Menichini, F. (2010). Natural products as alpha-amylase and alpha-glucosidase inhibitors and their hypoglycaemic potential in the treatment of diabetes: An update. Mini-Reviews in Medicinal Chemistry, 10(4), 315–331. https://doi.org/10.2174/138955710791331007