O‘SMIR QIZ BOKSCHILARNING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI INDIVIDUAL YUKLAMA REJIMLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Abdullayeva Shaxzoda Soxibjon qizi Navoiy davlat universiteti Author

Keywords:

ayollar boksi, o‘smir qizlar, individual yuklama, maxsus chidamlilik, aerob-anaerob imkoniyatlar, pulsometriya.

Abstract

 Ushbu tadqiqotda 14-16 yoshli o‘smir qiz bokschilarning o‘ziga xos fiziologik va funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda, maxsus chidamlilik va tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda individual yuklama rejimlarini qo‘llash metodikasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Pedagogik eksperiment Navoiy viloyatidagi boksga ixtisoslashgan sport muassasalarining 20 nafar o‘smir qiz bokschilari ishtirokida o‘tkazildi. Tajriba guruhida qo‘llanilgan individual puls zonalari va tabaqalashtirilgan tanaffus intervallariga asoslangan dastur an’anaviy metodikaga nisbatan yuqori pedagogik samaradorlik ko‘rsatdi. Olingan natijalar qiz bokschilarning maxsus motorika ko‘rsatkichlarini (p < 0.05) va yuklamalardan keyingi kardiorespirator tizimining tiklanish tezligini (p < 0.01) sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.

References

1.Tajibayev S.S. Boks nazariyasi va uslubiyati. Darslik. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2020. – 280 b.

2.Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. – Toshkent: Zar qalam, 2018. – 310 b.

3.Шахрадова Л.Г. Особенности физиологического статуса спортсменок юношеского возраста // Теория и практика физической культуры. – 2022. – №8. – С. 41-44.

4.Abdullayeva Sh.S. O‘smir qiz bokschilarning jismoniy tayyorgarligi muammolari // O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy jurnali. – 2024. – №1. – B. 67-72.

Downloads

Published

2026-10-06