ANDIJON VILOYOTIDA REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA FERRITIN TANQISLIGI VA METABOLIK BUZILISHLAR TARQALGANLIGI

Authors

  • Samatova Sayyora Qudratjon qizi Andion davlat tibbiyot instituti Author

Keywords:

Maqsad. Andijon viloyatida reproduktiv yoshdagi ayollar orasida ferritin tanqisligi, asosiy metabolik ko‘rsatkichlar (VMI, bel aylanasi, lipid profili, yuqori sezgir CRP) va menstrual funksiya buzilishlarining tarqalganligini baholash.

Abstract

Dolzarbligi. Latent temir tanqisligi va uning fonida rivojlanadigan metabolik buzilishlar reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda klinik belgilar namoyon bo‘lgunga qadar o‘z vaqtida aniqlanmaydi. Andijon viloyati - aholi zichligi yuqori va tug‘ilish ko‘rsatkichi respublika o‘rtachasidan baland hudud bo‘lib, bu omillar ayollar salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy adabiyotlarda (Munro et al., 2023; Lee et al., 2016) temir tanqisligi va metabolik sindrom komponentlari alohida-alohida o‘rganilgan, biroq mahalliy populyatsiyada bu ko‘rsatkichlarning birgalikdagi tarqalganligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Downloads

Published

2026-09-24