YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA DEGRADATSIYALANGAN TUPROQLARNI TIKLASH VA CHIQINDISIZ KOMPOZITSION MAHSULOTLAR OLISH
Keywords:
Miscanthus, yashil iqtisodiyot, degradatsiyalangan tuproq, ekologik tiklash, biomassa, sellyuloza, biochar, biokompozit, aylanma iqtisodiyot, chiqindisiz texnologiya.Abstract
Bugungi kunda degradatsiyaga uchragan tuproqlarni ekologik tiklash, qayta tiklanuvchi biomassa resurslaridan samarali foydalanish va chiqindilarni kamaytirish yashil iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tez o‘suvchi va yuqori biomassa hosil qiluvchi Miscanthus turkumiga mansub o‘simliklar ekologik tiklash hamda biobased mahsulotlar olish uchun istiqbolli xomashyo sifatida qaralmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi Miscanthus o‘simligining degradatsiyalangan tuproqlarni tiklashdagi ekologik ahamiyatini hamda uning biomassasidan sellyuloza, biochar va kompozitsion materiallar olish imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarning qiyosiy tahlili, ma'lumotlarni tizimlashtirish va Miscanthus biomassasidan kompleks foydalanishga asoslangan konseptual yondashuv qo‘llanildi. Adabiyotlar tahlili Miscanthusning marginal va ayrim ifloslangan yerlarda yetishtirilishi, tuproqni barqarorlashtirish va biomassa hosil qilish imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Shuningdek, uning lignosellyulozali tarkibi sellyuloza olish, biochar ishlab chiqarish va biokompozitlar yaratish uchun muhim xomashyo ekanligi aniqlandi. Miscanthus biomassasidan biochar olish va uni yana tuproqni tiklash jarayoniga qaytarish biomassaning yopiq siklda foydalanilishiga imkon beradi. Natijada Miscanthus asosida tuproqni ekologik tiklash, biomassani qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar olishni birlashtiruvchi aylanma yashil iqtisodiyot modeli taklif etildi.
References
1.Pidlisnyuk V., Stefanovska T., Lewis E.E., Erickson L.E., Davis L.C. Miscanthus as a Productive Biofuel Crop for Phytoremediation. Critical Reviews in Plant Sciences. 2014. Vol. 33, pp. 1–19. https://doi.org/10.1080/07352689.2014.870020
2.Čuček L., et al. Miscanthus biochar value chain – A review. Journal of Environmental Management. 2021. Vol. 290, 112611. https://doi.org/10.1016/j.jenvman.2021.112611
3.Kocoń A., Jurga B. The evaluation of growth and phytoextraction potential of Miscanthus × giganteus and Sida hermaphrodita on soil contaminated simultaneously with Cd, Cu, Ni, Pb, and Zn. Environmental Science and Pollution Research. 2017. Vol. 24, pp. 4990–5000.
4.Antonkiewicz J., Kołodziej B., Bielińska E.J. The use of reed canary grass and giant miscanthus in the phytoremediation of municipal sewage sludge. Environmental Science and Pollution Research. 2016. Vol. 23, pp. 9505–9517. https://doi.org/10.1007/s11356-016-6165-3
5.Cadmium and Mercury phytostabilization from soil using Miscanthus × giganteus. Scientific Reports. 2020. Vol. 10, 6685. https://doi.org/10.1038/s41598-020-63488-5