BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI (SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI MISOLIDA)

Authors

  • Yusupova Sanobar Odil qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi. Author

Keywords:

Kalit so'zlar: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, pedagogik texnologiya, Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy-pedagogik qarashlar, shaxsga yo'naltirilgan yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, komil inson, kasbiy tayyorgarlik, ijodiy salohiyat.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari misolida tadqiq etiladi. Muallif bunday tayyorgarlikni talabaning kasbiy bilimlari bilan cheklanmaydigan, uning axloqiy qarashlari, ijtimoiy faolligi, qadriyatlarga munosabati va tarbiyaviy jarayonni tashkil eta olish ko'nikmalari bilan belgilanadigan yaxlit jarayon sifatida asoslaydi. Sharq merosidagi inson kamoloti, odob-axloq, ustoz-shogird munosabati va komil inson tarbiyasiga oid g'oyalarning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog'liqligi ko'rsatiladi. Maqolada shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning mazmuni ochib berilib, talabaning tayyor bilim qabul qiluvchi obyektdan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni loyihalaydigan faol subyektga aylanishi tamoyillari bayon etiladi. Shuningdek, ta'lim texnologiyasining o'qituvchi va talaba hamkorligiga asoslangan talqini asosida tayyorgarlik texnologiyasining mohiyati asoslanadi.

References

1.O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni. – Toshkent, 2016-yil 14-sentabr, O'RQ-406.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. – Toshkent, 2022-yil 28-yanvar.

3.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. – 224 b.

4.Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub // Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik. 14-jild. – Toshkent: Fan, 1998.

5.Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: O'qituvchi, 1986.

6.Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. – Toshkent: Yulduzcha, 1990.

Downloads

Published

2026-08-12