EKOLOGIK HUQUQBUZARLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21456376Keywords:
Kalit so‘zlar: ekologik huquqbuzarlik, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, ekologik zarar, zararni qoplash, haqiqiy zarar, olinmay qolgan daromad, majburiy xarajatlar, taksa, jarima, o‘simlik dunyosi, hayvonot dunyosi, atrof-muhitni muhofaza qilish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda ekologik huquqbuzarlik natijasida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning mazmuni, qo‘llanilish asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning kompensatsiyaviy hamda ogohlantiruvchi funksiyalari, haqiqiy zarar, majburiy xarajatlar va olinmay qolgan daromad tushunchalarining
ekologik-huquqiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ekologik zararni hisoblashda taksa usulining o‘rni, uning jarimadan farqli jihatlari hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zararni aniqlash bilan bog‘liq amaliy muammolar ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan ekologik huquqbuzarlik uchun
fuqarolik-huquqiy javobgarlik samaradorligini oshirish, taksa miqdorlarini aniq belgilash va ularni qo‘llash doirasini kengaytirishga oid takliflar ilgari surilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi: Xalq so‘zi 23.01.2020. (№17-son.7519)
2.Горелко Н.А.Ответственность за нарушения экологического
и трудового законадательства // Экологическое право. №1. 2001.
3.Xolmo‘minov J.T. Ekologik qonun talablarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik muammolari // Xo‘jalik va huquq. -2001.-№2.
4.Nurmatov M.M. Ekologik-huquqiy javobgarlik. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. 2009.
5.Большой юридический словарь.-М.:Инфра-М, 1998. C.679.